AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya bo‘yicha sakkizta NATO davlatiga yangi tariflarni joriy etish tahdidlari transatlantik munosabatlarga putur yetkazmoqda va keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Bu Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Fransiya va Shvesiyaning qo‘shma bayonotida aytilgan. Matn Germaniya hukumati matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.
"Biz Daniya Qirolligi va Grenlandiya xalqi bilan to‘liq birdamligimizni bildiramiz. O‘tgan hafta boshlangan jarayonga asoslanib, biz suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga asoslangan muloqotga tayyormiz. Biz ushbu tamoyillarni qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz", deb ta’kidlanadi bayonotda. "Tariflarni joriy etish tahdidlari transatlantik munosabatlarga putur yetkazadi va keskinlashuv xavfini tug‘diradi. Biz birlashgan va muvofiqlashtirilgan front bilan javob berishda davom etamiz. Biz suverenitetimizni saqlab qolishga qat’iy qaror qilganmiz", deyiladi bayonotda.
Shuningdek, unda Arktikada xavfsizlikni ta’minlash NATO uchun umumiy vazifa ekanligi va Daniya tomonidan muvofiqlashtirilgan Arktika chidamlilik mashqlari go‘yoki hech kimga tahdid solmasligi aytilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.
Washington Post газетаси ҳам илгари Москва Эронга Яқин Шарқдаги Америка кучларига ҳужумлар учун разведка маълумотларини тақдим этаётгани ҳақида хабар берган эди.