Indoneziyada piton ayolni yutib yubordi

Indoneziyada piton ayolni yutib yubordi

Indoneziyada piton ayolni yutib yubordi.

Bu haqda «Detik» portali ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report».

Qayd etilishicha, hodisa Janubiy Sulavesi provinsiyasidagi qishloqlardan birida sodir bo‘lgan.

Shunday qilib, Farida ismli 45 yoshli ayol 6 iyun kuni g‘oyib bo‘lgan.

Qidiruv chog‘ida qishloq aholisi ayol bedarak yo‘qolgan joy yonidan uzunligi 5 metr bo‘lgan, qorni shishib ketgan pitonni topgan. Ilonni o‘ldirgan qishloq ahli uning qornidan ayolning jonsiz jasadini chiqarib olgan.

Indoneziyada piton odamni birinchi marta yutib yuborayotgani yo‘q. Shunga o‘xshash hodisa 2022 yilda qayd etilgan. Piton qurboni plantasiyada ishlaydigan 54 yoshli ayol edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!