Imtihon kunlari Buxoroning ba’zi ko‘chalarida transport vositalari harakati cheklanadi

Imtihon kunlari Buxoroning ba’zi ko‘chalarida transport vositalari harakati cheklanadi

“Buxoro shahri hokimining 2020 yil 26 avgustdagi  farmoyishiga asosan Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasining «Dilkusho» tenis majmuasida test sinovlari o‘tkazilishi davomida shaharning Islom Karimov ko‘chasi bilan Navoiy Shoh ko‘chalari kesishmasi, shuningdek, Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan «Umid» sport majmuasi hamda Ibrohim Mo‘minov va Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi kesishmalarida joylashgan «Buxoro» sport majmuasida test sinovi o‘tkazilishi belgilangan, deyiladi xabarda.

Buxoro viloyati IIB YHXB katta inspektori Ulug‘bek Shukurlayev so‘zlariga ko‘ra quyidagi ko‘chalarda transport harakatiga cheklov qo‘yilgan:

  • shaharning Muhammad Iqbol va Islom Karimov ko‘chalari kesishgan qismidan Zulfiya ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha, 
  • Hamza ko‘chasining Hofiz tanish Buxoriy kesishgan qismidan Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi kesishgan qismigacha, 
  • Ibrohim Mo‘minov ko‘chasining Hamza ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Navoiy Shoh ko‘chasi kesishgan qismigacha, Islom Karimov ko‘chasining Vobkent ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Ibn Sino Shoh ko‘chasi kesishgan qismigacha, 
  • Sadriddin Ayniy ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi kesishgan qismidan «Umid» sport majmuasigacha bo‘lgan oraliqda barcha turdagi yuk va yengil avto transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021-o‘quv yili dasturi bo‘yicha OTM larga kirish test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!