Imom Buxoriyning islom olamida mashhur bo‘lgan “Birrul volidayn” (Ota-onaga yaxshilik qilish) asari ilk marta o‘zbek tiliga tarjima qilindi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov ma’lum qildi.

🔖Kitobda farzand tarbiyasi, amallarning afzali – ota-onaga yaxshilik qilib, hurmat ko‘rsatish, ularning duolarini olish, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi mustajob bo‘lishi va silai rahm fazilati, qarindoshlarga yaxshilik qilish kabi mavzulardagi 76 ta hadis jamlangan.

🔖Hadislarning xalqchil va tushunarli bo‘lishi uchun izoh va sharhlar yozildi. Asarni sharhlashda 50 dan ortiq ishonchli tarixiy manbadan foydalanildi.

🔖Kitob va xalqchil risola Din ishlari qo‘mitasida belgilangan tartibda davlat dinshunoslik ekskpertizasidan o‘tkazilgan.

🔖Mazkur yangi kitobni Birlashgan Arab Amirliklari , Turkiya, Misr, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlardagi nufuzli kutubxona va fondlariga taqdim etish hamda mamdkatimiz va xorijning ilmiy-diniy jamoatchiligi orasida targ‘ib qilish rejalashtirilgan.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!