Ilon Mask Kanye Uestning AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lish niyatini qo‘llab-quvvatladi

Ilon Mask Kanye Uestning AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lish niyatini qo‘llab-quvvatladi

“Tesla” va “SpaceX” asoschisi Ilon Mask reper Kanye Uestning AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishini yana bir bor e’lon qilgan bayonotiga munosabat bildirdi.

Amerikalik biznesmen Kanye Uestning “Twitter”dagi sahifasiga javoban uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

5 iyul kuni prezidentlik uchun kurashayotganini e’lon qilgan reper "Endi biz Amerikaning umidlarini Xudoga ishonib, dunyoqarashimizni birlashtirib, kelajagimizni barpo etishimiz kerak. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligi uchun kurashmoqchiman", deb yozgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kanye Uest allaqachon prezidentlikka nomzodlik rejalari haqida gapirib o‘tgan, 2015 yilda 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi. Biroq nomzodlarni ro‘yxatga olish muddati allaqachon tugagani bois endilikda ushbu lavozim uchun kuzda bo‘lajak saylovlarda Donald Tramp hamda Jo Bayden kurashishadi.

2019 yil noyabr oyida esa Nyu-Yorkdagi Innovasiyalar festivalida nutq so‘zlab, 2024 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida qatnashish niyati haqida gapirgan Kanye Uestni tomoshabinlar kulgi bilan kutib olishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!