Ikkita yirik bank Tramp va uning oilasidan voz kechdi

Ikkita yirik bank Tramp va uning oilasidan voz kechdi

Deutsche Bank kelajakda Donald Tramp yoki uning kompaniyasi bilan ish olib bormaslikka qaror qildi, deb xabar berdi New York Times gazetasi.

Manbaga ko‘ra, Tramp hozirgi kunda Deutsche Bankdan 300 million dollardan ortiq qarzdor. Tramplar oilasining yana bir uzoq yillik moliyaviy hamkori – Signature Bank ham munosabatlarni tugatmoqchi. Bu bank Trampga Floridadagi golf maydonini moliyalashtirishga yordam bergan va prezidentning qizi Ivanka Tramp bir vaqtlar bank kengashi a’zosi bo‘lgan. Signature Bank bayonot berib, Trampni "mamlakat va Amerika xalqi manfaatlari uchun" prezidentlikdan ketishga chaqirdi.

Bank vakili, shuningdek, kelajakda saylovchilar ovozini tasdiqlashga qarshi bo‘lgan Kongress a’zolari bilan ish olib bormaslikka qaror qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtondagi to‘qnashuvlar fonida bank Donald Trampning taxminan 5,3 million dollar bo‘lgan ikkita shaxsiy hisobini yopishni boshladi.

O‘tgan chorshanba kuni Kongress prezident saylovlarini ma’qullagach, Tramp Vashingtonda tarafdorlari uchun miting o‘tkazdi va ularni Kapitoliyga borishga undadi. Shundan so‘ng, olomon Kongress bo‘lib o‘tgan Kapitoliyni qamal qilib, binoga kirib, unda katta tartibsizlikka sabab bo‘ldi. Ayni paytda hodisa natijasida besh kishi qurbon bo‘lgani ma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!