Ijtimoiy tarmoqda rasmiy reklamalar berib boriladi- Pavel Durov

Ijtimoiy tarmoqda rasmiy reklamalar berib boriladi- Pavel Durov

Telegram asoschisi Pavel Durov yaqin orada ijtimoiy tarmoqda rasmiy reklamalar berib borilishi xususida xabar berdi.

U Telegram foydalanuvchilari uch sababga ko‘ra bunday reklamalardan bezor bo‘lmaydi, demoqda. Uning aytishiga ko‘ra, telegram foydalanuvchilari reklamalar bilan boshini og‘ritib o‘tirmaydilar: reklamalar faqat katta kanallar, servislarda berib boriladi; reklamalar kanal mavzusidan kelib chiqib beriladi; reklamalar faqat qisqa matndan iborat bo‘lib, rasm va ichki havolalardan foydalanilmaydi.

"Bunday reklama e’lonlaridan tushgan foyda Telegram bundan keyin ham o‘z foydalanuvchilariga tekin hamda cheksiz xizmat qilishida yordam beradi", deydi ijtimoiy tarmoq asoschisi xabar yakunida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!