IIV Sergelida jinoyat sodir etgan “Captiva” haydovchisini qidiruvga berdi

IIV Sergelida jinoyat sodir etgan “Captiva” haydovchisini qidiruvga berdi

Joriy yilning 19 may kuni soat taxminan 04:00 larda Sergeli tumani Yangi Sergeli va TXAY ko‘chalari kesishmasida joylashgan kúprik ostida d/r 01 V 010 LB bo‘lgan “Lacetti” hamda d/r 01 G 179 NB bo‘lgan “Captiva” rusumli transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. “Captiva” transport vositasini boshqargan no’malum shaxs voqea joyidan yashiringan.

Aniqlanishicha d/r 01 G 179 NB bo‘lgan “Captiva” transport vositasi 1982 y.t., Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro M.B.ga tegishli bo‘lib, xozirda surishtiruv organlaridan yashiringanligi sababli, fuqaroga nisbatan mahalliy qidiruv e’lon qilingan. YTHga uchragan transport vositasini ham topish choralari ko‘rilmoqda.

Holat yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!