IIBB: "Instagram"dagi “zo‘ravon”lar aniqlanib, ushlandi

IIBB: "Instagram"dagi “zo‘ravon”lar aniqlanib, ushlandi

Instagramʼ ijtimoiy tarmog‘ining Greenrapoffʼ nomli foydalanuvchisi sahifasidan tarqatilgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda, 3 nafar noma’lum shaxslar jonli muloqotda internet foydalanuvchilariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatayotganligi aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan tezkor ravishda surushtiruv ishlari olib borilib, ushbu shaxslar Toshkent shahar Shayhontohur tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan Shohjahon A. va 1999 yilda tug‘ilgan Jamshid H. lar ekanligi aniqlanib, ushlangan. Videodagi holat shu yilning yanvar’ oylarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.

Ushbu shaxslar bilan IIBBda profilaktik suhbat o‘tkazilib, xatti harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishlik uchun to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Toshkent shahar IIOga yuborildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!