IFTORLIKNING SUNNATDA KELGAN DUOSINI BILASIZMI?

IFTORLIKNING SUNNATDA KELGAN DUOSINI BILASIZMI?

— Iftorlikning sunnat bo‘lgan duolari bormi?

— Bismillahir Rohmanir Rohim. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftorlikda: “Zahabaz zomau, vabtallatil uruuqu va sabatal ajru, inshaalloh” (Chanqoq ketdi, tomirlar namlandi, inshaalloh, savob hosil bo‘ldi), der edilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftorlik vaqtida: “Allohumma, laka sumnaa va ’alaa rizqika aftornaa, fataqobbal minnaa, innaka antas Samiy’ul A’liym” (Allohim, Sen uchun ro‘za tutdik, bergan rizqingdan iftorlik qildik, bizdan qabul et. Albatta, Sen Eshituvchi va Biluvchi Zotsan), der edilar.

Muhammad Ayyub HOMIDOV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!