Ichki ishlar vazirligi koronavirus haqida mish-mishlarni tarqatganlarni topish va ularni javobgarlikka tortishga va’da berdi

Ichki ishlar vazirligi koronavirus haqida mish-mishlarni tarqatganlarni topish va ularni javobgarlikka tortishga va’da berdi

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi koronavirus haqida asossiz mish-mishlarni tarqatganlarni topish va ularni javobgarlikka tortishga va’da berdi, deb xabar qiladi Asia-Plus.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Jamshid Abdullayev ichki ishlar vaziriga murojaat yo‘llagan.

«IIV vaziri Ramazon Rahimzodadan odamlar tomonidan ommaviy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilinayotgani sabab jonajon vatanimizda koronavirus tarqalgani haqida mish-mishlar bilan odamlar orasida vahima keltirib chiqarayotgan un va o‘simlik yog‘i yetkazib beruvchi bir guruh tijoratchilarga qarshi chora ko‘rishingizni so‘rayman», — deb yozadi tarmoq foydalanuvchisi.

Ushbu murojaatga javoban IIV rostdan ham koronavirus haqidagi mish-mishlar asossiz ekanligini va unga aloqador barcha shaxslar qo‘lga olinishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4—5 mart kunlari Tojikistonning barcha hududlarida, xususan, Dushanbe shahrida ham koronavirus haqidagi gap-so‘zlardan so‘ng odamlar ommaviy ravishda un, yog‘, shakar, yorma va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga tushib ketgan.

Ta’kidlanishicha, shu kunlari unning narxi 15—20 foizga oshib ketgan. 6 mart kuniga kelib esa vahima bosilgan va vaziyat barqarorlashgan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Tojikiston koronavirus sabab 35 ta davlat fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlagan edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 112 427 kishi koronavirus bilan kasallangan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni esa 63 578 kishini tashkil etmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!