Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi

Bosh prokuratura akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi . Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Akademiyada 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida oliy ta’limning ikki bosqichli tizimi – bakalavriat va magistratura bo‘yicha to‘laqonli o‘quv jarayoni tashkil etiladi.

Akademiyaning tergov faoliyati yo‘nalishidagi har yilgi qabul kvotalari bakalavriat dasturi bo‘yicha – 250 nafargacha talaba, magistratura dasturi bo‘yicha – 50 nafargacha oliy yuridik ma’lumotli vakolatli davlat organlari xodimlaridan iborat bo‘ladi.

Akademiyada ta’lim olish muddati bakalavriat dasturi bo‘yicha – uch yil, tergov faoliyati yo‘nalishidagi magistratura dasturi bo‘yicha – bir yil.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!