Humo Airga yaqin vaqt ichida bekor qilingan reyslar uchun pulni yo‘lovchilarga qaytarish bo‘yicha topshiriq berildi

Humo Airga yaqin vaqt ichida bekor qilingan reyslar uchun pulni yo‘lovchilarga qaytarish bo‘yicha topshiriq berildi


Humo Air loukoster aviakompaniyasiga bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni qaytarishni tezlashtirish topshirildi, deb xabar berdi Podrobno.uz muxbiri.

«O‘zaviasiya» agentligida «O‘zbekiston havo yo‘llari» vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu yerda, xususan, «Humo Air» aviakompaniyasining parvozlarni bekor qilishi bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Toshkent aviasiya transporti prokurori Sherzod Mamajonov Humo Air aviakompaniyasidan chipta sotib olgan yo‘lovchilardan prokuraturaga ko‘plab murojaatlar kelib tushganini ma’lum qildi. Odamlar aviakompaniya o‘z majburiyatlarini bajarmayotgani va to‘lovlarni qaytarishni kechiktirayotganidan shikoyat qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Humo Air aviakompaniyasiga yuzaga kelgan vaziyatni imkon qadar tezroq hal etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bundan tashqari, boshqa aviakompaniyalarga ham shu kabi holatlarning oldini olish, shuningdek, uzrsiz sabablarga ko‘ra parvozlarni kechiktirish sonini kamaytirish choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda Transport vazirligi, O‘zaviasiya agentligi va aeroportlarning tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish tavsiya etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!