Hududlarda yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Hududlarda yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sherobod tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sherobod tumani qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i SH.B. fuqaro O‘.ga “Bog‘iobod” MFY hududidagi 4 gektar zaxiradagi yer maydonini tanishlari orqali arzon narxlarda auksionda yutib olib berishi evaziga 10 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, shundan 4,8 mln so‘mni qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Chinoz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro G.SH. boshqa bir fuqaro J.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali “Bo‘zsuv” kanali atrofidan zaxiradagi 35 sotix yer maydonini 13 000 AQSh dollariga rasmiylashtirib olib berishga kelishib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.SH. boshqa bir fuqaro M.ga Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” MFY hududidagi 10 sotix zaxiradagi yer maydonini 3 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, Yer resurslari va kadastr davlat qo‘mitasi Namangan viloyat boshqarmasi sobiq xodimi S.I. fuqaro SH.ning ishonchiga kirib, unga “CH.A.” fermer xo‘jaligiga qarashli 20 sotix yer maydonini rasmiylashtirib olib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!