Hojatxona quvuri orqali bankni to‘nagan o‘g‘rilar qidirilmoqda

Hojatxona quvuri orqali bankni to‘nagan o‘g‘rilar qidirilmoqda

3 fevral kuni tushdan keyin Belgiyada bank talon-taroj qilindi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

O‘g‘rilar birinchi bo‘lib BNP Paribas Fortis banki qarshisidagi binodan bankning kanalizasiya quvuriga ulanish maqsadida tunnel qazib olishganligi ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik esa kanalizasiya quvuri orqali banking pul saqlanadigan xonasiga olib boradigan boshqa tunnel qazishganligi ham qayd etildi.

Jinoyatchilarning qancha pul o‘g‘rilagani ma’lum qilingani yo‘q. Taxmin qlinishcha, jinoyatchilar pullardan tashqari, oltin va zargarlik buyumlarini ham olib ketishgan.

Ayni paytda polisiya o‘g‘rilarni topishga harakat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!