Hojar onamiz nima degan edilar?..

Hojar onamiz nima degan edilar?..

Ibrohim alayhis-salomning ayoli, Ismoil alayhis-salomning onalari bo‘lmish Hojar onamiz o‘zlarini ekin o‘smagan quruq sahroga tashlab ketayotgan Ibrohimga aytgan so‘zlari naqadar go‘zal:

“Ey Ibrohim bizlarni mana bunday kimsasiz sahroga tashlab qayerga ketyapsiz?

Ibrohim unga qayrilmadi ham.

Shunda u: Sizga shunday qilishni Olloh buyurdimi, deb so‘radi.

Ibrohim: Ha, deb javob berdi.

Shunda u: U holda Olloh bizni halok qilmaydi, dedi. 

Ha, Alloh taolo solih bandalarini yo‘q qilmaydi. Axir Alloh taolo solih kishi va uning ayoliga farzandining o‘rniga undan yaxshirog‘ini evaz qilib berdi-ku.

Bu haqda Kahf surasida aytiladi: “Haligi bolaning esa ota-onalari mo‘min kishilar edilar. Bas, biz u (bola) tug‘yon va kufr bilan ularni qiynab qo‘yishidan (ya’ni, ularning o‘z bolalarini yaxshi ko‘rganlari sababli dindan chiqib ketishlaridan) qo‘rqdik. Shu sababdan, ularga Parvardigorlari (bu bola)dan ko‘ra pokizaroq, undan ko‘ra mehribonroq (boshqa bir bolani) badal-evaz qilib berishini istadik”. (Kahf surasi, 80-81-oyatlar).

Axir Alloh taolo solih kishining xazinasini uning farzandlari uchun saqlab bermadimi?

O‘shanda U Zot Musoning hamrohi Hizr alayhis-salomga nurab ketgan devorni yangidan qurishni, solih kishining farzandlari katta bo‘lgach otalarining xazinasini olishlarini buyurgan edi.

“Endi devor esa shu shahardagi ikki yetim bolaniki bo‘lib, uning ostida ular uchun bir xazina bor edi. Ularning otalari juda yaxshi kishi edi. Bas, Parvardigoring ular voyaga yetib, Parvardigoringning rahmat-marhamati bo‘lmish xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi...” (Kahf surasi, 82-oyat). 

“Eng baxtiyor ayol” kitobidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!