Elektr hisoblagichni almashtirish bepulmi?

Elektr hisoblagichni almashtirish bepulmi?

Bugun AOKAda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholining savollariga javob qaytarildi.

— Hisoblagich almashtirish bepulmi? Necha yilda bu hisoblagichlar davriy qiyoslovdan o‘tqaziladi?

— Hisoblagich, almashtirish xizmat haqi, tamg‘alash, xujjatlarni rasmiylashtirish tekin, lekin hisoblagichgacha bo‘lgan yaroqsiz simni yangi sim olib berish va yangisiga almashtirish, yaroqsiz avtomat/rubilnikni sotib olish va almashtirish va boshqa qo‘shimcha elektr ish xizmatlari bundan mustasno.

❗️O‘rnatilayotgan hisoblagichlar har 10 yilda bir marotaba davriy qiyoslovdan HETK tomonidan o‘tkaziladi.

— Iste’molchi hisoblagichni almashtirishga majburmi, almashtirishni xohlamasa qanday chora ko‘riladi?

— Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qaroriga muvofiq hisoblagichni almashtirish majburiy hisoblanadi. Xohlamaganlar tarmoqdan uziladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!