Hindistonda ikkita poyezd to‘qnashdi: 51 kishi o‘ldi, 100 dan ortiq odam yarador

Hindistonda ikkita poyezd to‘qnashdi: 51 kishi o‘ldi, 100 dan ortiq odam yarador

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda ikkita poyezd to‘qnashgani haqida xabar berilgan edi. Pokiston janubida ikki yo‘lovchi poyezdining to‘qnashuvi natijasida kamida 32 kishi halok bo‘lgan va 64 kishi jarohat olgandi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni Pokistonning uchinchi yirik viloyati Sindda yana ikkita poyezdning to‘qnashuvi natijasida 51 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.

To‘qnashuv oldindagi poyezdning relsdan chiqib ketishi tufayli sodir bo‘lgan, keyingi poyezd haydovchisi bir necha daqiqalik farq bilan tormoz berishga urindi, ammo to‘qnashuvning oldini ololmadi, deb yozadi OAV.

Harbiylar qutqaruv ishlarida ishtirok etishdi, og‘ir texnika jalb qilingan, yaradorlarni tibbiy muassasalarga etkazib berish uchun vertolyotlar ishlatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!