Hindistonda 33 nafar haydovchini o‘ldirgan qotil qo‘lga olindi

Hindistonda 33 nafar haydovchini o‘ldirgan qotil qo‘lga olindi

Hindistonning Bxopal shahrida polisiya oxirgi 8 yil mobaynida 33 nafar haydovchini o‘ldirgan 48 yoshli tikuvchi Adesh Xamruni hibsga oldi. Bu haqda Times of India xabar bermoqda.

Polisiyaga ko‘ra, Xamru o‘zining oxirgi qotilligini o‘tgan haftada amalga oshirgan. U uzoq yo‘nalishlarga qatnovchi haydovchi va uning ikki yordamchisi umriga zomin bo‘ldi.

Tikuvchi 33 kishini o‘ldirganini tan oldi, uning barcha qurbonlari yuk mashinalari haydovchilari bo‘lgan. Ular bilan Xamru asosan yo‘l yoqasidagi qahvaxonalarda tanishgan, taomlari va ichimliklariga uyqu dorisi sepib qo‘ygan va o‘ldirgan.

Qotil o‘z qilmishlarini uzoqqa qatnovchi yuk mashinalari haydovchilari hayotini o‘ta mashaqqatli hisoblagani uchun ularni «uqubatlardan xalos qilgani» bilan izohladi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!