Hindiston yana bir mahsulot eksportini chekladi​​​​​​​

Hindiston yana bir mahsulot eksportini chekladi​​​​​​​

Hindiston hukumati, narxlarni nazoratda ushlash uchun, sentyabrgacha davom etadigan marketing mavsumida shakar eksportini 10 mln tonnagacha kamaytirdi.

Mamlakatdagi sotuvchilar 1 iyundan 31 oktyabrga qadar shakarning istalgan eksporti uchun «maxsus ruxsatnoma» olishlari talab etiladi.

Hindiston shakar ishlab chiqarishda dunyoda birinchi, eksport qilishda Braziliyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Osiyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti sanalgan Hindistonda inflyasiya aprelda yillik kesimda 7,8 foizga chiqdi, bu so‘nggi sakkiz yildagi eng yomon ko‘rsatkich.

2021 yilning oktyabridan 2021 yilning sentyabriga qadar davom etuvchi marketing yilida hind shakar zavodlari 9 mln tonna atrofida mahsulotni eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!