Hayvonlarni identifikasiya qilish tartibga solindi
“Hayvonlarni identifikasiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1079-son, 06.08.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) ko‘paytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikasiya qilinishi hamda ro‘yxatga olinishi kerak.
🏛 Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.
⏳ Qonunda hayvonlarni identifikasiya qilish va ro‘yxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:
🔹 qoramol, ko‘y, echki va tuyalar – tug‘ilganidan 14 kundan keyin;
🔹 otlar – tug‘ilganidan 4 oydan keyin;
🔹 cho‘chqalar tug‘ilganidan – 1 oydan keyin;
🔹 itlar va mushuklar – tug‘ilganidan 3 oydan keyin.
✅ Bunda hayvonlar ko‘rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikasiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak.
✍️ Saqlash va (yoki) ko‘paytirish maqsadida O‘zbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan e’tiboran 21 kundan kechiktirmay identifikasiya qilinishi lozim.
