Harbiy paradda 40 ming kishi ishtirok etdi

Harbiy paradda 40 ming kishi ishtirok etdi

Andijon viloyatida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab viloyatfaollaridan tarkib topgan ishtirokchilar viloyat markazidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘ydilar. Harbiy paradda har bir korxona va tashkilot vakillari faol ishtirok etdilar.

— Zimmamizdagi vazifani sidqidillik bilan ado etish orqali Vatan himoyasiga munosib hissa qo‘shmoqdamiz, — deydi viloyat “Suvoqava” DUK direktorining o‘rinbosari Bekzodbek Umarov. — Bugungi tadbirda Vatan himoyachilariga bo‘lgan iftixorimiz ramzi sifatida egnimizga harbiy kiyim kiygan holda paradda ishtirok etdik.

Shaharning Amir Temur, Alisher Navoiy va Z. M. Bobur shox ko‘chalarida tashkil etilgan sahnada harbiylarning jangovar chiqishlari namoyish etildi.

Viloyat hokimi SH. Abdurahmonov barchani bayram bilan qutlar ekan, viloyatda harbiylarga yaratilgan sharoitlar va kelgusi rejalar haqida gapirib berdi.

14 Yanvr — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan harbiy parad tadbirida jami 40 ming kishi ishtirok etdi.

Manba: xs. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!