"Hamma joyda har xil": Yevropa davlatlarida karantin qanday davom etmoqda?

"Hamma joyda har xil": Yevropa davlatlarida karantin qanday davom etmoqda?

Fransiyada 10dan ortiq kishi yig‘ilishi taqiqlangan. Ijaraga olingan joylarda to‘y marosimlari, talabalar bazmlari o‘tkazish mumkin emas.

Ispaniya hukumati 9 oktyabr kuni Madrid va uning atrofida 15 kunlik favqulodda holat joriy qildi. Madridda oilaviy yig‘inlar 6 kishidan ko‘p bo‘lmasligi shart.

Germaniyada koronavirus tarqalish xavfi yuqori davlatlardan kelganlar uchun test topshirish majburiy, 30 sentabrdan sayohatchilar o‘zlarini 14 kunlik karantinga olishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Italiyada hatto ko‘chada ham tibbiy niqob taqish kerak.

Daniya poytaxti Kopengagenda restoran, kafelarda tibbiy niqobda bo‘lish talab etiladi.

Belgiya poytaxti Bryusselda esa 1 oktyabrdan jamoat joylarida niqob taqish majburiyligi olib tashlandi, futbol muxlislariga stadionlarga qaytishga ruxsat berildi, lekin buning uchun niqob taqish shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!