Hamas WSJ'ning Misr va Qatar tomonidan bosim o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlarini rad etdi

Hamas WSJ'ning Misr va Qatar tomonidan bosim o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlarini rad etdi

Misr va Qatar Falastinning Hamas harakati yetakchilariga isroillik garovga olinganlarni falastinlik asirlarga almashish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lishlari uchun bosim o‘tkazmadi.

Bu haqda «Al Arabiya» telekanali ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report».

Uning harakatdagi manbasiga ko‘ra, na Qohira, na Doha G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini imzolashdan bosh tortadigan bo‘lsa, Hamas rahbariyatini hibsga olish bilan tahdid qilgan.

Avvalroq «The Wall Street Journal» o‘z manbalariga tayanib, Hamas G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘lmasa, Qatar va Misr harakat yetakchilarining aktivlarini muzlatish va Dohadan chiqarib yuborish bilan tahdid qilgani haqida yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!