Habib Nurmagomedov rafiqasini haqoratlagan Makgregorga qanday javob qaytaradi?

Habib Nurmagomedov rafiqasini haqoratlagan Makgregorga qanday javob qaytaradi?

Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoq orqali Konor Makgregorning gaplarini o‘qib, buni xotirjam qabul qilgan, hatto yuzida tabassum paydo bo‘lgan. Bu tabassum esa Makgregor uchun yaxshilik alomati emas, deb hisoblaydi Habibning menejeri Ali Abdel-Aziz.

U Konorning gaplarini eshitganida kulib qo‘ydi. Habibning tabassumi ogohlantiruvchi belgi. Makgregor esa bu ogohlantirishni qabul qilishi kerak. U Habibni qo‘rqinchli yoki kurasha olmaydigan jangchi degani yaxshi edi. Habibning mamlakati, dini yoki rafiqasini haqorat qilishga haqi yo‘q edi, dedi menejer.

Shuningdek, u Habibning ishonchli, boshqalarga zarar yetkazishni istamaydigan inson ekanligini ta’kidladi. Ammo Makgregor shu yo‘sinda davom etaversa, qo‘riqchilari bilan birga nuqta qo‘yishini yoki ko‘cha jangida irlandiyalikni yo‘q qilishini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 3 aprelda Konor Makgregor tvitterdagi sahifasida Habib Nurmagomedovning rafiqasini haqorat qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!