Gollivud aktyori Baykal ko‘li himoyachisiga aylandi
Gollivud yulduzi Stiven Sigal sayyoradagi eng katta chuchuk suv ko‘lining ekologiyasi musaffoligini saqlab qolish bo‘yicha loyihani boshqarish vazifasini o‘z zimmasiga oldi.
Gollivud aktyori «Haqiqat uchun» partiyasi siyosiy kengashi a’zosi hisoblanib, partiyaning federal ekologik loyihasini boshqaradi.
Bu haqda partiya matbuot xizmatiga tayanib "hudud24.uz" xabar bermoqda.
Loyihaning asosiy vazifasi Baykal ko‘lini saqlab qolish, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantirgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlikni joriy etishdan iborat.
Ta’kidlanishicha, partiya allaqachon ekologik muammolarni hal qilish bilan shug‘ullana boshlagan.
Shuningdek, hayvonlarni himoya qilish faollari bilan hamkorlik qiladi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada Baykal yili o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan edi.