Gollandiyada otib tashlangan 101 o‘zbek. Ularning Vatan tarixida qanday o‘rni bor?

A A A
Gollandiyada otib tashlangan 101 o‘zbek. Ularning Vatan tarixida qanday o‘rni bor?

Bugun, 27 sentyabr kuni Yoshlar ittifoqi press-klubi binosida Ikkinchi jahon urushi paytida fashistlar tomonidan qiynoqqa solingan, keyinchalik vahshiylarcha otib tashlangan o‘zbeklar xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan «101» loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.Ushbu tadbirda «Sovet shuhrat maydoni» fondining rahbari Remko Reyding boshchiligidagi Niderlandiya delegasiyasi, qahramonlarcha halok bo‘lgan o‘zbeklar haqidagi «101» romani mualliflari Anvar Ergashev va Yuliya Medvedovskaya, «Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov, davlat tashkilotlari rahbarlari, diplomatlar, xorijiy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi.

Yoshlar Ittifoqi binosiga kiraverishda urush yillarini yodga soluvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Yosh aktyorlar asirlikka olinib, qiynoqqa solingan o‘zbek askarlari obrazini gavdalantirdi. Urush davrlaridagi qo‘shiqlar ijro etildi.

«Sovet shuhrat maydoni» fondi rahbari Remko Reydingning 20 yillik tadqiqotlari natijasida dunyo ahli Gollandiyada otib tashlangan va dafn qilingan 101 o‘zbek, ularning fojiali taqdiri va jasorati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.  2017—2018 yillarda yozuvchilar Anvar Ergashev va Yuliya Medvedovskayalar «O‘zbekkino» Milliy agentligi hamkorligida olib borgan tadqiqotlar esa 101 o‘zbek haqidagi yangi ma’lumotlarning yuzaga chiqishiga sabab bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbek askarlari fashistik Germaniyaning yirik «propaganda mashinasi» qurbonlariga aylangan hamda o‘ta muhim va sirli aksiya uchun tanlab olingan edi.

Adolf Gitler shaxsan reyxministr Gebbels va reyxfyurer Gimmlerga Qizil armiya askarlari haqida propaganda ruhidagi film olishni buyurgan edi. Ushbu filmda Qizil armiya askarlari insoniy fazilatlardan mahrum bo‘lgan, kuchsiz va taraqqiy etmagan mavjudot singari ko‘rinish berishi kerak edi.

Bularning barchasi esa Moskva uchun jang qilish arafasida turgan askarlarning ruhini ko‘tarish uchun qilinayotgan edi. Mazkur filmni yaratish fyurer tomonidan eng muhim topshiriq etib belgilandi. U 1914 yilning noyabr oyida namoyish etilishi kerak edi. Suratga olish guruhiga reyxning eng yaxshi kinematograflari jalb etildi. 101 o‘zbek asir olingan «Amersfort» konslagerida esa film uchun material tayyorlanishi kerak edi.

Fashistlar bir necha oy mobaynida o‘zbeklarni och qoldirib, ularga hatto suv ichishni ham taqiqlagan, askarlarni ruhan hamda jismonan qiynoqqa solib, ularni nemis askarlarining ruhini ko‘tarish uchun suratga olinadigan filmning bosh qahramonligiga tayyorlar edi.

Shunday kunlarning birida suratga olish guruhi «Amersfort» konslageriga tashrif buyurdi. Qo‘llari bog‘langan holda saqlanayotgan 101 o‘zbek askariga bir dona buxanka uloqtiriladi. Kinochilarning fikricha, ular bir burda non uchun bir-birini urib o‘ldirishi kerak edi. Ana shunday jarayonni suratga olishga shay turgan nemislarning xafsalasi pir bo‘ldi: O‘zbeklar Gitlerning barcha rejalarini chippakka chiqardi. Uloqtirilgan nonni askarlardan Yoshi bo‘yicha eng kichigi borib oladi, uni ko‘ziga surib, tavof qilgach, yoshi eng katta askarga uzatadi. Yoshi katta askar esa bir nonni 101 bo‘lakka bo‘lib, uni hammaga ulashib chiqadi. O‘zbeklar nonni yeb bo‘lgach, yuzlariga fotiha tortadi.

O‘zbeklar tomonidan ko‘rsatilgan milliy madaniyat, tartib-intizom, qahramonlik nemislarni darg‘azab qiladi.

Shu tarzda fashist askarlarining ruhi ko‘tarilmaydi, ular Moskva uchun jangda mag‘lub bo‘ladi. Bu jangda Germaniya armiyasi bir million nafar askaridan ayriladi. Bu g‘alabada Vatan uchun mardlarcha halok bo‘lgan 101 o‘zbekning hissasi katta!

Ikkinchi Jahon urushida fashist armiyasiga qarshi kurashda matonat ko‘rsatgan 101 o‘zbekning xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 24 iyulida «Milliy kinosanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Unga ilova qilingan «Yo‘l xaritasi»da 2020 yil fevraliga qadar «101» nomli badiiy film suratga olish haqida ko‘rsatma berilgan. Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi kurashda qatnashgan o‘zbekistonliklar nomini abadiylashtirishga bag‘ishlangan film «101» nomli roman asosida suratga olinadi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.