Germaniyada ommaviy janjal: 80 ga yaqin chechen hibsga olindi

Germaniyada ommaviy janjal: 80 ga yaqin chechen hibsga olindi

Germaniyaning Raynsberg shahrida ommaviy mushtlashuv natijasida 60-80 ga yaqin chechen diasporasi vakillari polisiya tomonidan ushlangan. Bu haqda DW xabar bermoqda.

"Gazeta"ga ko‘ra, maxsus operasiya 25 iyul, shanbaga o‘tar kechasi shahar tumanlaridan birida bir nechta chechenlar va bir guruh nemislar hamda polyaklar o‘rtasida janjal bo‘lganidan keyin amalga oshirilgan. Janjalda yetti kishi jarohatlangan, ulardan ikkitasi kasalxonaga yotqizilgan. Shu bilan birga, mojaroning sababi hozircha aniqlanmagan.

Keyingi tartibsizliklarning oldini olish uchun huquq-tartibot idoralari xodimlari Marifredshtrasse ko‘chasi hududida operasiya o‘tkazib, bir necha o‘nlab chechenlarni ushlashgan. Polisiya ularning tafsilotlarini yozib olganidan so‘ng, chechenlar qo‘yib yuborilgan. Bungacha janjalda qatnashgan besh nemis va uch polisiyachi ham hibsga olingan edi. Biroz vaqt o‘tgach, ular ham qo‘yib yuborildi.

Iyun oyi oxirida Fransiya polisiyasi Dijon shahridagi tartibsizliklarda ishtirok etgan chechen diasporasi a’zolarini hibsga oldi, ular mahalliy giyohvand moddalar savdogarlaridan 16 yoshli chechenni shafqatsiz kaltaklashgani uchun qasos olishga qaror qilishgandi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, 15 iyun kuni Dijon ko‘chalarida 150dan ortiq chechenistonliklar qasos olish uchun to‘planishgan. Ko‘pchilik qurollangan edi. O‘shanda to‘qnashuvlarda 11 kishi jarohat olgani, ba’zilarining ahvoli og‘irligi qayd etildi. Keyinchalik to‘rt nafar hibsga olinganlarga qarshi ayblov e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!