Geosiyosiy keskinlikdan Misr iqtisodiyoti qanday zarar ko‘rmoqda?
Hozirgi kunda Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlikdan bevosita jiddiy zarar ko‘rayotgan davlatlardan biri Misrdir. Livanda “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrullohning o‘ldirilishi, Tehronda esa HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaga nisbatan suiqasd uyushtirilishi ortidan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) yahudiy davlatiga qarata 200 ga yaqin ballistik raketa otdi. Oqibatda butun Yaqin Sharq keng ko‘lamli urush yoqasiga kelib qoldi.
Misrning ehtiyotkorligi va muvozanatli siyosatiga qaramay, Qohira turli yo‘nalishlarda bir qator xavf-xatarlar va yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Misr yetkazilgan umumiy zararning asosiy qismini o‘zining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib qoplashi mumkin, biroq ehtimoliy oqibatlar bundan ham kattaroq bo‘lishi mumkin. Zero, mojaro tomonlari allaqachon belgilangan “qizil chiziq”larni kesib o‘tgan. Ayni paytda Isroilning Eronga jiddiy javob zarbalarini berishi kutilyapti.
Mintaqada sodir bo‘layotgan voqealar Misr manfaatlariga bevosita ziddir. Mamlakat shimoliy-sharqda G‘azo, janubda Sudan, g‘arbda Liviya va sharqda Qizil dengiz singari beqarorlik hududlari o‘rtasida qolib ketgan. Qizil dengizda Yaman Husiylarining Isroil portlari sari yo‘l olgan yoki qaysidir ma’noda ishg‘olchi davlatga aloqador yuk kemalariga hujumlari xalqaro yuk tashish hajmiga salbiy ta’sir qilib, Suvaysh kanali daromadlari kamayishiga olib keldi.
Yaqinda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Qizil dengizdagi tanglik sabab uning mamlakati 6 mlrd dollardan ko‘proq zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bloomberg‘ga ko‘ra, Qizil dengiz va O‘rta yer dengizini bog‘lovchi kanal orqali butun dunyo savdosining 12 foizi yuritilib, dunyodagi yuk konteynerlarining qariyb 30 foizi tashiladi.
2022-2023 yilda Misr Suvaysh kanalidagi yuk tranzitidan 9,4 mlrd dollar foyda ko‘rgan. Mutaxassislar mamlakatga chet el valyutasi kirib kelishining kamayishi Misr iqtisodiga jiddiy zarba bo‘lishini aytishmoqda. Qayd etilishicha, kanal tushumlari so‘nggi 19 yilgi eng past darajaga tushib ketib, qariyb 65 foizga qisqargan.
Misr Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida daromad taxminan 870 mln dollarni tashkil etdi: ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davri (2,5 mlrd dollardan ko‘proq)ga nisbatan sezilarli pasayishdir.
Mojaro qancha uzoq davom etsa, yirik kompaniyalar kemalarining Qizil dengizdan Yaxshi Umid burnigacha bo‘lgan yo‘nalishni o‘zgartirish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Bu, shuningdek, Suvaysh kanalida kemalarga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan har qanday muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi dengiz yo‘llarini ochish bo‘yicha global tendensiyani kuchaytirishi mumkin.
O‘tgan yili dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham “[Atlantika va Tinch okeanlarini bog‘lovchi] shimoliy dengiz yo‘li orqali yuk tashish Suvaysh kanaliga qaraganda ancha samaraliroq bo‘lib borayotgani”ni aytgan edi.
Joriy ziddiyat nafaqat savdoni izdan chiqarmoqda, balki turizmning pasayishiga ham olib kelyapti. Shuningdek, tovarlar, xizmatlar va yoqilg‘i narxlarining oshishi har oy import qiymatining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Misr ko‘plab strategik tovarlarni, jumladan, neft, gaz, temir, bug‘doy, makkajo‘xori va dori-darmonlarni xorijdan import qiladi.
Tehron va Tel-Aviv o‘rtasidagi keskinlik Qohirani Isroil gazidan mahrum qilishi mumkin. Bunday holat mamlakatda elektr ta’minotidagi uzilishlarga olib keladi va turizm, mehmonxona va ko‘ngilochar xizmatlar sifatiga jiddiy ta’sir qiladi.
Aviakompaniyalarning Misr havo hududlarini chetlab o‘tishi vaziyatni yana-da og‘irlashtiradi.
Mintaqadagi geosiyosiy keskinlikning yana bir oqibati neft narxining oshishidir.
Bu Eronning Isroilga hujumidan so‘ng Brent xomashyosi bo‘yicha fyuchers shartnomalari narxining taxminan besh foizga qimmatlashishida namoyon bo‘ldi. Agar mojaro kengayib, Eron neft inshootlari nishonga olinsa, narxlar yana-da ko‘tarilishi mumkin.
Bundan tashqari, G‘azodagi urush ikkinchi yilga o‘tarkan xavfsiz sarmoyaga bo‘lgan talabning oshishi tufayli oltin narxlari ham ko‘tarilmoqda. Bu omillar, umuman olganda, Misrda inflyasiya darajasini oshiradi va bozorlardagi yuqori narxlar to‘lqinini yuzaga keltiradi.
Voqealar rivoji mamlakatdan xorijiy kapitalning chiqib ketishi, investorlarning Misr bozoriga investisiya kiritishdan bosh tortishi va livanlik qochqinlar oqimi ortishidan darak bermoqda.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan inqiroz Misr va Iordaniya kabi davlatlarni qamrab olishidan ogohlantirdi.
Urush mintaqaviy miqyosda kengaysa, BMT Taraqqiyot Dasturi bashoratlariga ko‘ra, Misrning ehtimoliy yo‘qotishlari Suvaysh kanali va turizm sektoridan olinadigan daromadlarning kamayishi hisobiga 13,7 mlrd dollarga yetishi mumkin.
Iyul oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi G‘azodagi urush va Qizil dengizdagi vaziyatning keskinlashuvi sababli joriy moliya yilida Misr iqtisodiyotining o‘sish prognozini aprel oyidagi 4,4 foizdan 4,1 foizgacha pasaytirdi.
Boshqa tomondan, Livanda 3 ming kishining jarohatlanishi yoki o‘limiga sabab bo‘lgan peyjerlarning portlashi Misr xavfsizligi uchun ko‘plab savollar va muammolarni paydo qilmoqda.
Gap shundaki, Misr armiyasi uchun aloqa vositalari va kiberxavfsizlik tizimlarini yahudiy davlati tomonidan moliyalashtiriladigan AQSh va Yevropadagi kompaniyalardan sotib olishga majbur. Arab Defence saytining xabar berishicha, bu kompaniyalar orasida harbiy-sanoat majmuasida yetakchi bo‘lgan, Isroil armiyasini maxsus uskunalar va aloqa tizimlari bilan ta’minlaydigan Fransiyaning Thales kompaniyasi ham bor. Aynan shu kompaniya Misr armiyasiga ham aloqa tizimlari va kuzatuv radarlarini yetkazib beradi. Shu nuqtai nazardan, Misrda mobil telefon foydalanuvchilariga ta’sir qiluvchi shunga o‘xshash xavfsizlik buzilishlari haqidagi xavotirlar mantiqan asoslidir.
Misr bosh vaziri Mustafo Madbuliy ham bu haqda so‘z ochib, “hukumat Livandagi voqealarni sinchiklab o‘rganib, muayyan saboqlar olgani”ga ishora qildi.
Anonim manbalarga ko‘ra, peyjer portlashlari mintaqadagi mamlakatlarni, xususan Misrni o‘z kiberxavfsizlik strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishga undagan. Ayniqsa, kelajakda elektromobillar yoki elektron qurilmalarni nishonga olishi mumkin bo‘lgan bu turdagi hujumlarning takrorlanish ehtimoli dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Valid Hajjoj Qohira va “Xalq” kanalida efirga uzatilayotgan “Hadis al-Qohira” dasturiga telefon orqali bog‘lanib, elektromobillarni masofadan turib boshqarish mumkinligi sababli ularni tuzoqqa aylantirish xavfi haqida ogohlantirdi.
Shunday qilib, Misr mintaqadagi xavfsizlik va harbiy vaziyatning yomonlashuvi tufayli barcha sohalarda katta yo‘qotishlarga uchramoqda. Bu ulkan yo‘qotishlar uning moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlarini cheklaydi, milliy xavfsizligi va strategik manfaatlariga tahdid soladi.