G‘azo sektorida ochlikdan vafot etganlar soni 175 nafarga yetdi

A A A
G‘azo sektorida ochlikdan vafot etganlar soni 175 nafarga yetdi

So‘nggi paytlarda Falastinning G‘azo sektorida kamida 175 kishi, jumladan, 93 bola ochlikdan vafot etgan.

Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“So‘nggi 24 soat ichida G‘azo shifoxonalarida ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik tufayli 6 nafar o‘lim qayd etildi”, deyiladi vazirlik xabarida. Shu tariqa, ochlikdan vafot etganlarning umumiy soni 175 nafarga yetdi, ulardan 93 nafari voyaga yetmaganlardir.

Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azoda to‘qnashuvning avj olishi oqibatida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 60,430 nafarga yetgan, 148 mingdan ortiq kishi jarohat olgan, deb xabar berdi report.az.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

Исроил Эроннинг шимолидаги Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, технологик ва хавфсизлик алоқаларини кучайтиряпти.

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.

Ayiq ovlaganlarga pul mukofoti va’da qilindi

Бу ҳақида ўлканинг Табиий ресурслар ва ўрмон хўжалиги вазирлиги хабар берган эди.

13 yoshli qiz egizak farzandli bo‘ldi