FVV is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi

FVV is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi

AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’uli Samandar Hikmatullayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingdan:

〰️〰️〰️
«Kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘in, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz:

— Tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

— Elektr xo‘jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalaning;

— Isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;

— Isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

— Gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;

— Gaz ta’minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda, gaz jihozlarini taftishdan o‘tkazib, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil eting;

— Gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;

— Yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;

— Gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e’tibor bering».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!