Futbol bo‘yicha AQSh milliy terma jamoasi Tvitterda Eron milliy bayrog‘i o‘rniga eronlik namoyishchilar bayrog‘ini joylashtirdi

Futbol bo‘yicha AQSh milliy terma jamoasi Tvitterda Eron milliy bayrog‘i o‘rniga eronlik namoyishchilar bayrog‘ini joylashtirdi

Bayroqda Islom Respublikasining gerbi yo‘q edi.

Tehron buning uchun FIFAdan AQSh terma jamoasini jahon chempionatidan chetlashtirishni talab qildi.

Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi jurnalistlarga futbol bo‘yicha AQSh milliy terma jamoasi xususiy tashkilot ekanligini va shuning uchun rasmiylar uning harakatlariga izoh bera olmasligini aytdi.

«Ular shunga o‘xshash narsalar haqida o‘zlari qaror qabul qiladilar», deb tushuntirdi Kirbi.

Biroq, noto‘g‘ri bayroqli tvit olib tashlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!