Fuqaroning bitta gugurt chaqqani qimmatga tushdi

Fuqaroning bitta gugurt chaqqani qimmatga tushdi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Kasbi tuman nazorat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan hududda navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Nazorat reyd tadbiri davomida Kasbi tuman “Mug‘lon” MFY hududida fuqaro N.Yu tomonidan qurilish chiqindilarini yoqib yuborganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1mln 225 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!