Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlar orqali obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan tovlamachi ushlandi

Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlar orqali obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan  tovlamachi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVing Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.X. boshqa bir fuqaro N.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosurat va videolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatib yuborishi bilan qo‘rqitib, evaziga undan tovlamachilik yo‘li bilan 30 mln so‘m talab qilib, elektron to‘lov tizimi orqali tanishi D.ning plastik kartasiga 29,7 mln so‘mni o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!