Fuqarolarga ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismi qaytariladi

Fuqarolarga ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismi qaytariladi

O‘zbekiston fuqarolari (mahalliy turistlar) uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Cashback”) tartibi joriy etilgan.

Sayohat xarajatlarini qaytarish maxsus elektron platforma, shu jumladan uning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Platforma Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integrasiya qilingan holda, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid cheki matrisali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:

▫️avia, temir yo‘l va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish;

▫️joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;

▫️madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.

Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

🔹aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

🔹temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

🔹joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

🔹teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.

Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlar bank kartalariga qaytariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!