FT: YEI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadni Ukrainaga o‘tkazishi mumkin

FT: YEI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadni Ukrainaga o‘tkazishi mumkin

Evropa Ittifoqi Belgiyaning Euroclear markazida saqlanayotgan qariyb 200 milliard yevro miqdoridagi muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga foyda jo‘natish masalasini muhokama qilmoqda, deb yozadi Financial Times YEI rasmiylariga tayanib.

Bunday harakat aktivlarning o‘zini ekspropriasiya qilishga olib kelmaydi, balki G‘arbning Rossiyaga moliyaviy bosimining kuchayishini anglatadi, deya ta’kidlaydi gazeta.

Belgiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar natijasida Rossiyaning Euroclearʼdagi 196,6 milliard yevrolik aktivlari muzlatib qo‘yilgan, shundan 180 milliardi Markaziy bankning aktivlaridir.

Euroclear ushbu aktivlarni qayta investisiya qiladi va shu bilan qo‘shimcha foyda keltiradi. Yuqori foiz stavkalari va sanksiyalar tufayli katta miqdorda mablag‘ to‘planishi tufayli hisob-kitob palatasi rekord darajadagi foyda ko‘rmoqda, deb yozadi FT.

Joriy yilning birinchi choragida Euroclear Rossiyaga qarshi sanksiyalar ostidagi aktivlardan naqd pul qoldiqlari bo‘yicha 734 million yevro foiz to‘lagani haqida xabar berdi.

“Ushbu foizlar kimga tegishli ekani to‘liq noma’lum, – dedi nashrga munozaralardan xabardor shaxs.–Ushbu foizlardan Ukraina manfaati yo‘lida foydalanish noma’lum hudud, ammo biz buni amalga oshirish mumkinligiga ishonamiz”.

Ba’zi rasmiylarning fikricha, xuddi shunday yondashuv Rossiyaning muzlatilgan aktivlari, jumladan, Lyuksemburgdagi Clearstream hisob-kitob markazida qolib ketgan aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!