Fransiyada yangi tabiat qonuniga qarshi ish tashlashlar bo‘lib o‘tyapti
Shu hafta Fransiyaning Strasburg shahrida Yevroparlamentning sayyor sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, unda boshqa qonun loyihalari qatorida «Tabiatni tiklash to‘g‘risida»gi qonun ham ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar beradi Kazinform.
Qonun loyihasi Yevroparlamentning asosiy frasiyalari o‘rtasida bir necha oy davomida qizg‘in muhokama qilinyapti. Ko‘rib chiqilayotgan qoidalar Yevropa Ittifoqiga 2030 yilgacha quruqlik va dengiz yuzasining kamida 20 foizini tabiiy holatiga qaytarish, iqlim o‘zgarishi tahdidi ostida bo‘lgan bioxilma-xillikni saqlash va ko‘paytirishni qonuniy ravishda belgilaydi.
Qonun shuningdek, 2050 yilgacha kimyoviy pestisidlardan foydalanishni 50 foizga qisqartirishni talab qiladi.
Qonun loyihasi Yevropa parlamentining yashil, so‘l markazchi siyosatchilar va ekologik tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Biroq aynan mana shu hujjat Yevropa Ittifoqining bir qator siyosiy kuchlarining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.
Natijada, xristian demokratlar va boshqa o‘ng qanot deputatlar buning natijasida qishloq xo‘jaligi yerlari qisqarishini, hosildorlik pasayishi va oziq-ovqat xavfsizligi va fermerlar farovonligiga tahdid solishini aytdi.
Seshanba kuni Strasburgdagi Yevropa parlamenti binosi atrofidagi transport harakati yopildi. Bu joy traktorlari bilan kelgan fransuz fermerlari tomonidan to‘sib qo‘yilgan.
O‘z navbatida ekologlar Fransiyadagi Yevroparlament binosi oldida o‘z piketlarini o‘tkazadi. Taniqli faol Greta Tunberg qonun loyihasini himoya qilish uchun Strasburgga kelgan.
