Fransiyada yahudiy nishonlariga hujumlar tayyorlayotgan ikki yosh yigit ushlandi

Fransiyada yahudiy nishonlariga hujumlar tayyorlayotgan ikki yosh yigit ushlandi

Fransiya prokuraturasi ikki yosh yigitni (ulardan biri 19 yoshda, ikkinchisi voyaga yetmagan) yahudiy nishonlariga hujum uyushtirishni rejalashtirganlikda aybladi, deya xabar bermoqda AFP sud manbasiga tayanib.

19 yoshli hibsga olingan shaxs hujumlar uyushtirish uchun “terrorchilikka aloqadorlik”, shuningdek, “terrorchilik faoliyati uchun qurol sotib olish va saqlash”da ayblanmoqda.

Yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda tanishib, "asosan yahudiy ob’ektlariga qarshi zo‘ravonlik harakatini" rejalashtirgan, deb yozadi agentlik. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!