Fransiya yadroviy tiyib turish kuchlarini mustahkamlaydi

Fransiya yadroviy tiyib turish kuchlarini mustahkamlaydi

Prezident Emmanuel Makron juma kuni shu haqda ma’lum qildi.

U "Fransiyaning yadroviy tiyib turish kuchlarini mustahkamlash rejasi bor", degan.

"Biz yadroviy tiyib turish kuchlarimizni mustahkamlashda davom etishimiz lozim. Ayniqsa, dunyodagi sharoitni hisobga olganda uning mustahkamligini, ishonchliligini modernizasiyalashuvini ta’minlash uchun barcha chorani ko‘rishimiz lozim. Ushbu jihat Fransiyaning ahvoli Yevropadagi boshqa mamlakatlarga qaraganda anchayin yaxshiligini bildiradi", - dedi Makron Mon-de-Marsan aviabazasida harbiylarga qilgan murojaatida.

Uning ta’kidlashicha yadroviy tiyib turish "hayotiy muhim", hisoblanadi.

Fransiya Prezidentining bayonot berishicha, 2024-2030 yillarda mamlakatning harbiy byudjeti 400 milliard yevroga ko‘tariladi. 2019-2025 yillarda harbiy harajatlar byudjeti 295 milliard yevroni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!