Fransiya tashqi ishlar vaziri qamaldagi shahar- Mariupolga zudlik bilan yordam berishga chaqirdi

Fransiya tashqi ishlar vaziri qamaldagi shahar- Mariupolga zudlik bilan yordam berishga chaqirdi

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Rossiya qo‘shinlari tomonidan qamal qilingan Mariupoldagi gumanitar halokat ko‘lami xalqaro hamjamiyatning zudlik bilan aralashuvini talab qilishini aytdi.

Dohadagi forumda u Mariupoldagi vaziyatni Suriyadagi Aleppo qamaliga qiyosladi, u ham Rossiya va Suriya hukumat kuchlarining operasiyasi davomida deyarli butunlay vayron qilingan.

"Harbiy qamal — bu urush olib borishning dahshatli usuli, chunki tinch aholi qirg‘in qilinmoqda", — deya xulosa qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!