Fransiya sudi Rossiyani Ukraina bilan bo‘lgan nizoda qo‘llab-quvvatladi

Fransiya sudi Rossiyani Ukraina bilan bo‘lgan nizoda qo‘llab-quvvatladi

Parij sudi xalqaro arbitrajning «Oshadbank» ga 1 milliard dollar tovon puli to‘lash to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2015 yilda xalqaro arbitraj (Parijda joylashgan) Ukrainaning Qrimdagi mol-mulki mintaqaning Rossiyaga qaytarilishi natijasida ekspspurasiya qilingan deb hisobladi. Va buning uchun u «Oshadbank» 1 milliard dollardan ortiq tovon puli tayinladi.

Endi apellyasiya sudi ushbu qarorni bekor qildi.

«Rossiya Federasiyasi «Oshadbank» ning Qrim filiali deb nomlangan sarmoyalar 1992 yilgacha, ya’ni Sovet Ittifoqi davrida yaratilganligini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, ular investisiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi Bitimga bo‘ysunmaydi»,- deyiladi Adliya vazirligi press-relizida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!