Finlyandiya nima sababdan NATOga a’zo bo‘lmoqchi?

Finlyandiya nima sababdan NATOga a’zo bo‘lmoqchi?

NATOga kirish istagining asosiy sababi Rossiyadan kelayotgan yadroviy tahdidlarda, dedi Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto.

“NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi asosan Rossiyaning yadroviy tahdidlari bilan bog‘liq edi”, - dedi u Kyodo agentligiga bergan intervyusida.

Finlyandiya diplomatining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada maxsus operasiya boshlanishi bilan Yevropada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat o‘zgargan va mamlakat yadroviy va kimyoviy qurollardan foydalanish tahdidi yuzaga kelgan taqdirda qanday javob qaytarish va qayerdan yordam olish haqida o‘ylashga majbur bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!