FHDYo bo‘limining ish vaqti nega o‘zgardi?

FHDYo bo‘limining ish vaqti nega o‘zgardi?

Uzoq yillardan buyon shahar va tumanlardagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari xodimlari haftaning shanba kunlari ishlab, dushanba kunlari dam olar edilar. Ushbu tartib aholi uchun juda qulay bo‘lib, ishlovchi fuqarolarning FHDYo bo‘limi faoliyati bilan bog‘liq masalalarini hal etishda juda qulay edi. Buning ustiga, xalqimizning aksariyat qismi farzandlarining nikoh to‘yini shanba, dam olish kunida tashkil etishga odatlangan. Ammo ba’zi tumanlarda aholining manfaatlariga zid ravishda ayni kunlarda FHDYo bo‘limlari dushanba kuni ishlab, shanba kuni dam olmoqda. Bu esa ovoragarchilikka sabab bo‘layotir.

Yo‘ldosh SUYUNOV,

mehnat faxriysi.

Bizning tumanda noqulaylik yo‘q

Ishtixonda faoliyat ko‘rsatayotgan FHDYo bo‘limi ish tartibi xuddi ilgarigidek. Ya’ni, hamon shanba ish kuni hisoblanadi. Joriy yil sentyabr oyidan FHDYo bo‘limlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududiy hokimliklar tasarrufiga o‘tdi. Shu munosabat bilan aksar tumanlardagi FHDYo bo‘limlari ham hokimlikning quyi tizimi bo‘lgani uchun ish tartibi o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Ammo bunday ish tartibi haqiqatan ham aholi uchun noqulay. Sababi, shanba kuni murojaat qiluvchilar soni boshqa kunlarda keluvchilardan bir necha baravarga ko‘proq. Qolaversa, to‘y-hashamlar ham ko‘pincha shanba kuni o‘tkaziladi. Shularni hisobga olgan holda biz bilan mehnat shartnomasi tuzayotganda hokimlik vakillariga bu haqda aytgandik, ish tartibimiz o‘zgarmasdan qoldi.

Shahlo QO‘CHQOROVA,

Ishtixon tuman FHDYo bo‘limi mudiri.

P.S. Mutasaddilarning aytishlaricha, viloyat miqyosida ba’zi tumanlar, xususan, Samarqand shahridagi FHDYo bo‘limlarida ish tartibi o‘zgarmasdan qolgan. Ammo ba’zi tumanlarda FHDYo bo‘limlarida shanba dam olish kuni bo‘lib, murojaatchilar bu kuni o‘z ishini bitira olmayotir.  Xo‘sh, viloyatdagi FHDYo bo‘limlarida ish kunlari nega har xil? Hokimlik tasarrufiga o‘tkazilsa-da, ish vaqtini ilgarigidek qoldirish imkoni bo‘la turib, nega bu o‘zgarmoqda?

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilning 10 oyi davomida viloyatimizda 8 054,1 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bu esa sohada o‘tgan yil bilan solishtirganda 108,1 foizga o‘sishga erishilganligini ko‘rsatmoqda.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!