Fevral oyida Rossiyaning neft daromadlari keskin kamaydi — XEA

Fevral oyida Rossiyaning neft daromadlari keskin kamaydi — XEA

Fevral oyida Rossiyaning neft daromadlari keskin kamaydi. Xalqaro energetika agentligi ekspertlari bunda sanksiyalarni asosiy sabab deb atashdi.

2023 yil fevral oyida Moskva neft eksportidan 11,6 milliard dollar daromad oldi. O‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 20 milliard dollarni tashkil qilgan edi. Shu bilan birga, Rossiya yetkazib berish hajmi deyarli o‘zgarmadi va neftning 70 foizi Xitoy va Hindistonga yetkazib berildi.

"Bu G7 mamlakatlarining sanksiya rejimi samarali bo‘lganidan dalolat beradi. Chunki sanksiyalar rejimi neft va neft mahsulotlarini global yetkazib berishni cheklamadi. Shu bilan birgalikda aksincha, Rossiyaning eksportdan tushum olish imkoniyatini chekladi", — deyiladi Xalqaro energetika agentligi bayonotida.

Shuningdek, agentlik ekspertlari Rossiya neftining katta qismini (kuniga taxminan 4,5 million barrel) Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdagi yangi bozorlarga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘lganini qayd etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!