Feruz Turayev Endokrinologiya tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi
Tibbiyot fanlari doktori F. Turayev 1995 yilda Rossiyaning nufuzli Novosibirsk tibbiyot institutini tamomlab, o‘z ish faoliyatini akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shifokor-xirurg sifatida boshlagan.
Keyinchalik mazkur tibbiyot markazining yurak orttirilgan nuqsonlari xirurgiyasi bo‘limida katta ilmiy xodim lavozimida mehnat qilgan. 50 yoshli tajribali shifokor shu yilning yanvar oyidan hozirga qadar markazning ushbu bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)