Fashistlar G‘azodagi ko‘chirilgan odamlar yashayotgan to‘rtta maktabga hujumlar uyushtirdi
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 362 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamdabutun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar G‘azoning markazi va shimolidagi Nuseyrat lageriga hujum qildi. Isroilning so‘nggi 24 soat ichida uyushtirgan hujumlarida kamida 51 kishi halok bo‘ldi, 165 kishi yaralandi. Urush boshlangan 2023 yil 7 oktyabrdan buyon jami 41689 kishi halok bo‘ldi, kamida 96 625 kishi jarohatlangan.
▪️Bir necha soat ichida, kechasi fashistlar G‘azodagi ko‘chirilgan odamlar yashayotgan to‘rtta maktab, jumladan, 1948 yilda tashkil etilgan Al-Aman bolalar uyiga hujumlar uyushtirdi.
▪️Bosqinchilar Bayrutning janubiy chekka hududlariga ikki soat ichida 11 marta zarba berdi. Kun davomida 55 kishi halok bo‘ldi, 156 kishi jarohat oldi.
▪️Eronning bosqinchilarga qarshi ommaviy hujumi 3 ta yirik havo bazasini: o‘nlab F-35 qiruvchi samolyotlari bo‘lgan Nafatim, Hatzrim va Tel Nof havo bazalarini yo‘q qildi. Tel-Avivdagi Mossad shtab-kvartirasi, Metulladagi harbiy baza, Doviyev kazarmasi, Shtoladagi harbiy shtab, Glilot harbiy bazasi va Battiste posyolkasidagi askarlar otryadiga ham zarbalar berildi.
▪️Bugun tongda Hizbulloh Livan bilan chegarada Isroil askarlari bilan jangga kirishdi. Bosqinchilar talafot ko‘rdi va chekinishga majbur bo‘ldi.
▪️“Yafa operasiyasi”. Kecha al-xalillik ikki yosh falastinlik bir askarni pichoqlab, uning qurollarini o‘g‘irlab, Tel-Avivdagi ko‘chmanchilarga qarata o‘t ochgan. 7 ko‘chmanchi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi.
▪️Ishg‘olchilar vayronalar ostidan 26 nafar yaradorni olib chiqish uchun Xon-Yunisga yo‘l olgan G‘azo fuqarolik mudofaasi kuchlariga qarata o‘t ochdi.
▪️Isroil TIV rahbari Israel Kas BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni Isroilda persona non grata deb e’lon qilish va uning mamlakatga kirishini taqiqlashni ko‘zda tutgan qarorni imzoladi.