Farzandlarga meros ulushi undirib berildi

Farzandlarga meros ulushi undirib berildi

Ijtimoiy hayotda ba’zida guvohi bo‘lamiz, farzandlar bir ota-onaning oilasida dunyoga kelsada vaqtlar, davrlar, holatlar o‘tishi bilan ular begonalasha boshlaydi. Buning zamirida oila qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘zga ko‘rinmas unsurlar yetadi. Bu unsurlar tabiiyki aka-uka, opa va singillarni bir-biridan ayiradi. Ba’zida bu unsurlar kelishmovchilik bo‘lsa, ba’zida ota-onadan qolgan mol-mulkka ega bo‘lish ko‘rinishida keladi. Jumladan, Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga tegishli suddan yuqoridagi holatlar aks etgan sud hujjati kelib tushdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 23.04.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor opa D.N.dan undiruvchi uka T.N. foydasiga Shayxontohur tumani, Gulobod ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlardan biridagi 1/8 ulushining qiymati hisobidan jami 130 mln. 280 ming 741 so‘m pul mablag‘lari undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Qarzdor tomonidan mol-mulk ulushidan pul mablag‘lari ixtiyoriy muddatda to‘lab berilmaganligi sababli qarzdorning mol-mulklariga band solingan. Ijro harakatlari davomida qarzdor fuqarodan undiruvchi fuqaro foydasiga foydasiga jami 130 280 741 so‘m undirib, berilib, mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!