Farg‘onada MIB xodimining oyog‘iga temir lom bilan urishdi (video)

Farg‘onada MIB xodimining oyog‘iga temir lom bilan urishdi (video)

Farg‘onada MIB xodimiga tahdid qilgan shaxs sud zalida qilmishi uchun javob berdi. Bu haqda «Markaziy studiya» xabar bermoqda.

O‘tkirbek To‘lqinjonov joriy yil 19 avgust kuni alimentdan qarzi 10 million so‘mdan oshib ketgan fuqaro uyiga qarzdorlikni undirish uchun boradi.

— Uyga kirmoqchi bo‘lganimda bunga faol qarshilik qildi. Oyog‘imga temir lom bilan urib, yerga yotqizdi, — deydi MIB xodimi.

Farzandi ta’minotini o‘z vaqtida bajarmay, qonunlarga qarshi borgan shaxsning davlat ijrochisiga tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq xatti-harakati jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudida jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

Sayyor sudda o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirgan sudlanuvchiga 3,5 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, sud hukmi bilan jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!