Farg‘onada «Kamaz» yo‘l chetida yotgan fuqaroni bosib ketdi

Farg‘onada «Kamaz» yo‘l chetida yotgan fuqaroni bosib ketdi

 

Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida shu yil 5 dekabr kuni noma’lum haydovchi “Kamaz”, rusumli yuk avtomashinasini Bog‘dod shaharchasi Kumushtola ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘l chetida mast holda yotgan, Bog‘dod shaharchasida yashagan O.A.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.A. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Bog‘dod tumanida yashovchi Q.E. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!