Farg‘onada erkak kirakashni "signal" chalgani uchun ayovsiz do‘pposladi

Farg‘onada erkak kirakashni "signal" chalgani uchun ayovsiz do‘pposladi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida taksi haydovchisi kaltaklandi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri viloyat IIB ma’lumotiga tayanib xabar qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 11 fevral sanasida "Korol disko" (disko qiroli) tungi klubida mijoz taksi chaqirgan. Takisichi chaqrilgan joyga kelgach, mijoz chiqishi uchun "signal" chalgan. 

Mashina ovozi mast mijozga yoqmagan. U haydovchini klub ichiga chaqirgan va ayovsiz do‘pposlagan. Haydovchi xushsiz holatda shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!